Bu mavsumdagi MYu zo‘r emas. Shunchaki, "Liverpul", "Tottenxem" va "Chelsi" yomonroq edi!

  • 5 may, 2023, 04:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 28-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bellashuvda "Brayton" o‘z maydonida MYuni qabul qildi. O‘yinning birinchi taymida "Yunayted" raqibga nisbatan hujumkorroq o‘yin ko‘rsatdi va xavfli vaziyatlar yaratdi. Biroq umumiy kartinada baribir tenglik guvohi bo‘ldik.

Bahsning so‘nggi dekadasida, aniqrog‘i, 80-daqiqalardan so‘ng mezbonlarni to‘xtatib bo‘lmadi. Zaxiradan maydonga tushgan March, yaponiyalik chaqqon Mitoma hamda allaqachon katta futbolchiga aylanib ulgurgan Makalister triosi so‘nggi daqiqalarda MYu mudofaasi atrofida ancha shovqin ko‘tardi va buning natijasi o‘laroq penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Aleksis 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va "Brayton" MYu ustidan g‘alaba qozondi.

Tecno

Nomlar jihatdan MYu ustun, 3 ochko ham aynan ularga ko‘proq kerak edi. Sababi, 3-o‘rin uchun hamda 4-o‘rinni mustahkamlash uchun kurashyapti mankunialiklar. Bu vaziyatda qaysi jamoa ko‘proq hujumkorlik namoyish etishi kerak edi? Albatta, MYu.

Ten xag jamoasi durangni ushlashga harakat qildimi yoki "Brayton" chindan ham hujumga o‘tishga qo‘ymadimi? Bilmadim. Ammo har ikki holatda ham aybdor ten Xag. Mavsum avvali va oxiridan kelib chiqib xulosa qilsak, niderlandiyalik mutaxassis hamon aniq bir uslubga ega kuchli jamoa yarata olmaganiga guvoh bo‘lamiz.

erik

"Sevilya" - MYu bahsida "qizil iblislar" 62 foiz to‘p ustunligiga ega bo‘ldi va yakunda yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Brayton"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda esa "chaykalar" to‘p nazoratida ustun edi va 1:0 hisobida ten Xag shogirdlaridan ustun keldi. Hujumkor futbol namoyish etayotgan jamoa ham, qarshi hujumlarga tayanib o‘ynayotgan jamoa ham "Yunayted"dan ustun kelyapti. Xohlaganicha o‘ynab yutishyapti, degani bu. To‘g‘ri, tarkibdagi yo‘qotishlarning qiymati yuqori. Ammo biz hozir MYuning "Sevilya" va "Brayton"ga qarshi o‘yinlariga to‘xtalib o‘tdik. Shu yo‘qotishlar bilan ham "qizil iblislar" bu tipdagi jamoalarni yutishi lozim edi.

Agar mavsum yakuniga qadar "Liverpul" APL turnir jadvalida "Yunayted"ni quvib o‘tsa, hayron qolmayman. MYuda 5 ta, mersisaydliklarda esa 4 ta o‘yin va 4 ochkolik farq. Bu sezilarli, ammo temp nuqtai nazaridan olsak, Klopp shogirdlari so‘nggi bellashuvlarda haqiqiy top klub statusiga mos o‘yin ko‘rsatyapti. MYu esa adashib kuchli to‘rtlikda yurgan va oxir-oqibat baribir Evropa ligasida qatnashadigan ayrim "yoqimtoy" jamoalar kabi harakat qilmoqda. Ularni xuddi 3-4 yil avvalgi "Lester"ga o‘xshatyapman.

ppavp

"Real" EChLning guruh bosqich o‘yinlarida ochko yo‘qotishi, mag‘lub bo‘lishi va guruhdan ikkinchi o‘rin bilan chiqishi mumkin. Ammo pley-offda jamoa asl kuchini ko‘rsatadi. "Siti" mavsum davomida APLda ko‘p qoqilishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, oxirgi turlarda mana necha mavsumdirki salkam maksimal ochkolarni qo‘lga kiritib kelmoqda. "Borussiya"ning "yugurgani" ham "Bavariya" bilan o‘yingacha! Har mavsum ular qaysidir pallalarda myunxenliklardan o‘zib ketadi va oxir-oqibat baribir qaysi jamoa chempion bo‘lishini o‘zingiz bilasiz.

Agar bu mavsum MYu EChL yo‘llanmasiga ega chiqsa, bu ulardagi progress, demagan bo‘lardim. Shunchaki, "Liverpul" stabil bo‘lmagan mavsum o‘tkazdi. Shuningdek, "Tottenxem" va "Chelsi"da kichik inqiroz ro‘y berdi. Ten Xag jamoasi mavsumning qaysidir qismida furort ko‘tardi. Bu holat muddatli eyforiya edi. Oxirgi uchrashuvlar bu fikrimning isboti bo‘la oladi. Qilinadigan ishlar hali ko‘p. Kimlarnidir sotish va yana kimlarnidir olish kerak. Yana bir mavsum natijalar qoniqarli bo‘lmasa, murabbiy o‘zgaradi. Uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan absurd jarayon. 

f_tHCyxZQIEMH9Cli0PTN4f3N68fAcV2

"Qizil iblislar" juda ko‘p transferlarga qo‘l uradi va murabbiylar tinimsiz almashadi. Yangi kelgan mutaxassisga o‘z uslubiga mos futbolchi kerak bo‘ladi va ayrim eski yulduzlarning jamoaga keragi bo‘lmay qoladi. Kelishmovchiliklar vujudga keladi, ichki muhit buziladi. Bu kabi takroriy holatlar natijalarda ham takror va takror o‘z aksini topadi. Muvaffaqiyatsizlikning ajoyib mexanizmi. Muvaffaqiyat mexanizmi yaratilishi va ishlashi uchun sabr darkor. Oldin angla, keyin tanla!
 



                                                                                                                                          Xudayqulov Karim maqolasi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!