"Bu men ko‘rgan "Real"lar ichida eng yomoni"

  • 6 may, 2021, 12:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali kecha bo‘lib o‘tgan “Chelsi” va “Real” (2:0) o‘yini haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Nihoyat, “Chelsi” finalga chiqdi. Jamoa ajoyib futbol ko‘rsatdi va ko‘p jabhada “Real”ni ortda qoldirdi. Bu men ko‘rgan “Real”lar orasidagi eng yomoni”, - dedi Lineker.

“Aristokratlar” Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etishgan bo‘lsa, javob bahsida 2:0 hisobida zafar quchishdi. Yakuniy hisob – 3:1.

Endi Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa finalda APLning boshqa bir klubi – “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi. Hal qiluvchi o‘yin 29 may kuni Istanbul shahrida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!