Bu murabbiy butun jamoani sotib yubormoqchi bo‘ldi...

  • 22.04.2023 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yangi bosh murabbiy qidirayotgan “Chelsi” rahbariyati bu lavozimga nomzodlar biri hisoblangan Luis Enrike bilan muzokaralarni to‘xtatgani sababi ma’lum bo‘ldi.

Sports Illustrated nashrining ma’lum qilishicha,  Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi klub rahbariyatidan “Chelsi” tarkibini qayta shakllantirishga vakolat berishini so‘ragan.

Aslida klub mutasaddilari asosiy jamoaning 5-6 nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor edi. Lekin Luis Enrikening talabi boshqacha bo‘lib chiqdi.

Ispaniyalik murabbiy deyarli butun jamoaning sotilishini so‘ragan. U rahbariyatga 10-11 nafar futbolchi uning o‘yin falsafasiga umuman to‘g‘ri kelmasligini  va ulardan voz kechish lozimligini uqtirgan.

Tabiiyki, Luis Enrikening bu talabi “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoliga ma’qul kelmadi va muzokaralar to‘xtatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!