
Bu qaror "Barselona"ga yoqmadi
"Barselona" o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesning diskvalifikatsiyasini engillashtirishni so‘ramoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan "Atletiko"ga (4:2) qarshi o‘yinda raqib futbolchisiga jiddiy qo‘pollik qilgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Bunday vaziyatda esa futbolchi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi belgilangan.
“Barselona” ushbu qaror ustidan apellyatsiya e’lon qildi.
Agar braziliyalik futbolchiga nisbatan sanktsiyalar o‘z kuchida qolsa, u "Espanol" va "Valensiya"ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam berolmaydi.
Ta’kidlash kerakki, Alves "Barsa"ga qaytganidan buyon 5 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar