Bu qiziq. Beyl so‘nggi 3 yilda ilk bor ketma-ket 8ta bahsda maydonga tushdi

  • 28 fevral, 2018, 10:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchisi Garet Beyl kecha La Liganing 26- turida "Espanol"ga (0:1) qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Tecno

Shu tariqa uelslik futbolchi “qirollik klubi”ning so‘ngi 8ta bahsida maydonga tushishga erishdi. E’tiborlisi, Beyl so‘nggi uch yildan buyon ilk marta “Real”ning ketma-ket 8ta uchrashuvida ishtirok etdi. U so‘nggi marta 2015 yil ketma-ket 24ta bahsda maydonga tushgan va shundan so‘ng turli jarohatlar sabab asosiy tarkibdan muqum joy ola bilmayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum La Ligada jami 16ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!