Behruz Karimov Ronalduni bilan birga mundial rekordchisi bo‘ldi
2026 yildgi jahon chempionati "K" guruhidagi 2-turda Portugaliya va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv futbol tarixida oʻziga xos rekord bilan yodda qoldi.
Mazkur bellashuvda maydonda bir vaqtning oʻzida harakat qilgan ikki futbolchi oʻrtasidagi yosh farqi jahon chempionati tarixidagi eng katta koʻrsatkich sifatida qayd etildi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu oʻyin kuni 41 yosh, 4 oyu 18 kunlik edi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruzjon Karimov esa oʻyin vaqtida 18 yosh, 10 oy, 16 kunlik boʻlgan. Ikki futbolchi oʻrtasidagi yosh farqi rekord koʻrsatkich - 22 yil 183 kunni tashkil etmoqda.
Bungacha jahon chempionatlari tarixidagi eng katta yosh farqi 1994 yildgi mundialda qayd etilgan edi. Ōshanda Kamerun terma jamoasi afsonaviy hujumchisi Roje Milla va Rossiya terma jamoasi forvardi Vladimir Beschastnix oʻrtasidagi farq 21 yil 321 kunni tashkil qilgan.
3-tur doirasida Portugaliya 28 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ōsha kuni Oʻzbekiston terma jamoasi Kongo Demokratik Respublikasi jamoasi bilan bahs olib boradi.
Taʼkidlash joizki, 2026 yildgi jahon chempionati davomida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan bogʻliq bir necha rekordlar qayd etilgan.
Xususan, Oʻzbekiston terma jamoasining birinchi turida Kolumbiya bilan boʻlgan uchrashuviga rekord darajada koʻp chipta sotilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonning jahon chempionatlaridagi birinchi toʻpini kiritgan Abbosbek Fayzullaev XXI asrda mundial oʻyinlarida boshi bilan gol urgan eng boʻyi past futbolchi (167 santimetr) sifatida rekordchi boʻldi.

Fikrlar