
Bu qiziq. Dani Alves PSJ darvozasini qo‘riqladi (foto)
PSJ himoyachisi Dani Alves kecha Frantsiya kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Sosho"ga (1:4) qarshi bahsda darvozabon rolini o‘ynashga majbur bo‘ldi.
Gap shundaki, uchrashuv asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida parijliklar posboni Kevin Trapp hakam tomonidan qizil kartochka bilan ogohlantirildi va maydondan chetlatildi. Bu vaqtga kelib esa Unai Emeri barcha o‘zgarishlardan foydalanib bo‘lgan edi. Shundan so‘ng aynan braziliyalik himoyachi katta sahnaga chiqdi va darvozabon libosini kiydi. Biroq, mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasi jonli devordan qaytdi va Alvesga o‘zini darvozabon sifatida ko‘rsatish nasib etmadi. Yaunki hakam ikkinchi bo‘limga bor yo‘g‘i 1 daqiqa vaqt qo‘shib bergan edi.
Fikrlar