
Bu safar Anastasiyaga omad kulib boqmadi
Rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tayotgan musobaqaning uchinchi bosqichida mag‘lubiyatga uchradi.
Mazkur bosqichda Anastasiyaga estoniyalik Anett Kontaveyt qarshilik ko‘rsatdi. Anett tajribali raqibini ushbu uchrashuvda 6:3, 6:2 hisobida taslim qildi.
Endi "Porsche Tennis Grand Prix" musobaqasining chorak finalida Kontaveyt chexiyalik Karolina Plishkova, yoki belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar