Bu to‘rttasini o‘ylab o‘tirmay, “Real”dan yo‘qoting!

  • 27 aprel, 19:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” katta o‘zgarish arafasida turibdi. Klub xo‘jayinlari tarkibga yangi yulduzlarni olish barobarida jamoadagi ayrim o‘yinchilarni transferga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Mutasaddilar muhokamasida to‘rt futbolchi – Rodrigo Goes, Orelen Tchuameni, Arda Gyuler va Ferlan Mendi nomi ko‘p aylanmoqda.

Rodrigo:

Ekspertlar braziliyalik futbolchi yuqori darajada barqaror o‘ynay olmayotganini va jamoa o‘yiniga ta’sir ko‘rsatishda sustkashlik qilayotganini ta’kidlamoqda. Garchi ayrim vaziyatlarda Rodriga yorqin o‘yin namoyish qilsa ham, bu “Real” darajasidagi klubni qoniqtirmayapti.

Orelen Tchuameni:

Frantsiyalik yarim himoyachi ham bor salohiyatini ishga sola bilmadi. Maydonda Tchuameni o‘ynaydigan pozitsiyalarni Eduado Kamavinga va Federiko Valverde o‘ziniki qilib oldi.

Arda Gyuler:

Arda Gyuler Madriddan kelganidan beri mahoratini to‘liq namoyish qilish uchun etarli darajada imkon berilmadi. Madridliklar raqobatga bardosh berishga qiynalayotgan o‘yinchini sotib yuborish har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi, degan fikrga keldi.

Ferlan Mendi:

Frantsiyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi yakunlanmoqda. Mendi muzokaralar davomida yangi kelishuvda maoshini oshirishni so‘ragan. Mutasaddilar bu talabni qondirishdan ko‘ra, himoyachidan voz kechishni afzal bildi.

Bu to‘rt o‘yinchini sotib yuborish orqali klub prezidenti Florentino Peres g‘aznaga tushum qilmoqchi. Transferlardan keladigan pul “Real”ni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida ishlatiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!