
Bu yulduz hech kimga kerak emasmi?
“Manchester Siti”ning portugaliyalik yulduzi Bernardu Silva Angliyadagi turmush tarziga ko‘nika olmayotgani bois Ispaniya yoki Italiya chempionatlaridan biriga o‘tib ketmoqchi.
Xosep Gvardiola ham shogirdining ahvolini tushungan holda uning ketishiga qarshilik qilmasligini bildirgan. Yozda Silvaga faqatgina bir klub – “Arsenal” xaridor bo‘ldi. Biroq, portugaliyalik yarim himoyachi bu chorlovni rad etdi.
27 yoshli Bernardu Silvaga o‘zi istagan Ispaniya yoki Italiya chempionatlari vakillaridan taklif tushmayapti. Bunga uning maoshi yuqoriligi sabab bo‘lishi mumkin.
Xosep Gvardiola esa Silva ketgan taqdirda uning o‘rniga futbolchi topib qo‘ydi.
Fikrlar