Budapesht Gran-prisida ishtirok etuvchi dzyudochilarimizning dastlabki raqiblari ma’lum

CHERY AUTO

12-14 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa bo‘lib o‘tadi. Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa g‘olibi jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochkoga ega bo‘ladi.

Tecno

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 15 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Biroz avval musobaqa oldidan matbuot-anjumani va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, hamyurtlarimizning musobaqadagi ilk raqiblari bilan tinishing:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – Kimran Borchashvili (Avstriya) / Karamat Xuseynov (Ozarbayjon)
-60 kg: Kemran Nurillaev – Temur Nozadze (Gruziya) / Gonsalo Mansino (Portugaliya)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Tal Almog (Argentina) / Ibrohim Aliev (Ozarbayjon)
-66 kg: Shahram Ahadov – Manuelb Shibel (Germaniya)
-73 Hikmatilloh To‘raev – Eduardo Arauxo (Meksika) / Sulaymon Hamad (Saudiya Arabistoni)
-73 kg: G‘iyosjon Boboev – Ahmad Alikaj (XDF)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Mazen Nanae (XDF)
-81 kg: Kamoliddin Rasulov – Yaromir Musil (Chexiya)
-90 kg: Davlat Bobonov – Kedyau Nxabali (Ukraina)
-90 kg: Yahyo Imomov – Beka Gviniashvili (Gruziya)
-100 kg: Sherali Jo‘raev – Anton Savitskiy (Ukraina)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Matey Xayas (Slovakiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Liam Park (Avstraliya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Chishima Maeda (Yaponiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sara Rodrigez (Ispaniya)

*XDF – Xalqaro dzyudo federatsiyasi. Qochoq sportchilar yoki milliy federatsiyasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan mamlakat vakillari ushbu nom ostida ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!