
Buffon: "U kerak bo‘lsa, Turinning Maradonasiga aylanadi"
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi kutilayotgan Anxel Di Mariya haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, Di Mariya Maradonaning darajasiga chiqishi ham mumkin.
"Futbolchilarga ular o‘ynagan joyidan kelib chiqib baho berish kerak. Bugun A Seriya texnikali futbolchilar jihatidan ancha zaif. Anxel esa aqlbovar qilmas texnik qobiliyatga ega.
U raqib darvozasi oldida o‘ta xavfli. Driblingi orqali himoyachilardan oson o‘tib keta oladi. Di Mariyaning universalligi ham o‘zi uchun katta yutuq.
Men 44 yoshdaman. Biroq hamon o‘ynashda davom etmoqdaman. Yosh muhim emas, muhimi, motivatsiya va ishtiyoq. Agar Di Mariya "Yuventus"ga o‘tsa, ikki tomon uchun ham bu foydali bo‘ladi.
U kerak bo‘lsa, Turinning Maradonasiga aylanadi. Takror aytaman, A Seriya uchun u Maradona kabi bo‘la oladi", - dedi italiyalik afsonaviy posbon.
Fikrlar