
Bugun 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoamiz vakillari esa “Thailand Open” janglarida g‘alabali yurishini davom etmoqda. Bugun bokschilarimiz chorak finalda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
-60 kg: Madiyar Daniyarov - Jon Napoles (Filippin);
-90 kg: Elyorbek Jo‘raboev - Jung Haneul (Janubiy Koreya);
-65 kg: Navbahor Hamidova - Kang Sukyoung (Janubiy Koreya);
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Someya Shoi (Yaponiya);
-60 kg: Sitora Turdibekova - Chengyu Yang (Xitoy).
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar