
Bugun 6 nafar bokschimiz jahon chempionatida jang qiladi
Polshada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Hozirga kelib, bir qator vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazib, keyingi bosqich masalasini hal qilib ulgurdi. Shuningdek, yo‘qotishlar ham yo‘q emas. Kecha bo‘lib o‘tgan janglarda -51 kg vazndagi vakilamiz Feruza Kazakova hamda -64 kg vaznli bokschimiz Ahmadjon Ahmedov mag‘lubiyatga uchrab, turnirdagi o‘z yurishlarini to‘xtatgan edi.
Bugun ham bizni bir qator qiziqarli janglar kutib turibdi. Ya’ni, bugungi kun dasturidan olti nafar hamyurtlarimizning jangi o‘rin olgan.
-48 kg: Farzona Fozilova - Nomin-Erdene Vavazorig (Mo‘g‘uliston)
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Luisa Kortes (Kolumbiya)
-49 kg: Ibrohim Ishjonov - Giorgi Jinoiu (Ruminiya)
-56 kg: Dilshod Abdumurodov - Altantulga Bayarsaixan (Mo‘g‘uliston)
-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva - Lore Ruer (Frantsiya)
-91 kg: Amirshoh Samadov - Muhammad Abuhamda (Marokash)
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Hurshidbek Normatovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Bektemir Meliqo‘ziev WBA chempioni bilan sparring o‘tkazdi (Foto)
Fikrlar