
Bugun APLda London derbisi yoxud autsayder "Vest Xem" peshqadam "Chelsi"ni qabul qiladi
Bugun Angliya premer-ligasida 6-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, shu kuni muxlislar mavsumni ikki hil tarzda boshlagan Londonning ikki klubi qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishadi. Aniqrog‘i, autsayder “Vest Xem” peshqadam hamshahari “Chelsi”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Vest Xem” premer-liganing o‘tgan 5 ta turidan 4 tasida mag‘lub bo‘ldi.
- “Chelsi” esa ketma-ket 6 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonmoqda.
- “Vest Xem” o‘z maydonlarida “Chelsi”ga qarshi o‘tgan so‘nggi 6 ta o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozonishgan.
"Vest Xem" - "Chelsi"
Stadion: "Olimpiya" (London, Angliya)
Boshlanish vaqti: 17:30
Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll, Uirral, Angliya)
"Vest Xem": Fabyaanski - Sabaleta, Balbuena, Diop, Masuaku - Rays - Snodgrass, Nobl, Obyang, Anderson - Yarmolenko.
"Chelsi": Kepa - Aspilikueta, Rudiger, Luis, Alonso - Kovachich, Jorjino, Kante - Villian, Jiru, Azar.
Fikrlar