Bugun "Ashxobod" sayilgohida Butunjahon qilichbozlik kuni nishonlanadi

CHERY AUTO

Ushbu sanani nishonlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad Olimpiya sport turi hisoblangan qilichbozlikni aholi orasida keng targ‘ib qilish va ommalashtirishdir. Butunjahon qilichbozlik kuni bu yil 8 sentyabr kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Tecno

Ushbu bayram «Sport barcha uchun» shiori ostida tashkil qilinadi. Yig‘ilganlarga Qilichbozlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha chiqishlar, sportning ushbu turi go‘zalligi namoyish etib beriladi.

O‘zbekistonda ham bu kunni keng miqyosda nishonlash rejalashtirilmoqda. Bugun, 6 sentyabr kuni soat 18:00da Toshkent shahridagi «Ashhobod» bog‘ida Butunjahon qilichbozlik kuni nishonlanadi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu sport bayramida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining 200 nafardan ziyod vakili ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida taniqli va iste’dodli sportchilar, murabbiylar, fahriy mehmonlar bo‘ladi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari guvohiga aylanishlari mumkin. Shuningdek, sizni turli tanlovlar va esdalik sovg‘alari kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!