O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...

  • 12 sentabr, 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatida ilk bor 48 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi. Hozirgacha uchta mezbon – AQSh, Kanada va Meksikadan tashqari 15 ta milliy jamoa mundial yo‘llanmasini naqd qilgan.

Tecno

Jahon chempionatiga chiqib bo‘lgan terma jamoalar orasida futboli eng kuchli hisoblangan Evropa vakillari yo‘q. “Ko‘hna qit’a”da saralash turniri endi qizg‘in pallaga kirdi. Turnir tashkilotchilari yana 30 ta yo‘llanma egalari aniq bo‘lishini kutyapti.

Shunga qaramay, Evropa futbolining nufuzli manbasi –  GOAL.COM sayti bo‘lajak jahon chempionati favoritlari reytingini tuzib chiqdi. E’tiborli jihati shundaki, bu reytingga hali saralash turnirlarida kurashni davom ettirayotgan terma jamoalarga ham o‘rin berildi.

Mazkur manba ekspertlari reytingda birinchi pog‘onaga amaldagi Evropa chempioni – Ispaniya terma jamoasini loyiq ko‘rgan. Keyingi o‘rinda avvalgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Argentina terma jamoasi joylashgan.

Kuchli uchlikni o‘ta kuchli tarkibga ega Angliya milliy terma jamoasi egallab turibdi.

GOAL.COM ekspertlari tuzgan ro‘yxatga O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham kiritilgan. Yaqinda “CAFA Nations cup 2025” xalqaro turnirida g‘olib chiqib, yangi asrdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritgan bosh jamoamiz favoritlar reytingida 25-pog‘onani band etgan.

Hozircha, 27 ta terma jamoa nomi ko‘rsatilgan umumiy reyting quyidagicha ko‘rinishga ega.

1. Ispaniya

2. Argentina

3. Angliya

4. Portugaliya

5. Frantsiya

6. Germaniya

7. Niderlandiya

8. Braziliya

9. Marokash

10. Ekvador

11. Koreya Respublikasi

12. Yaponiya

13. Urugvay

14. Xorvatiya

15. Belgiya

16. Kolumbiya

17. Italiya

18. Meksika

19. Paragvay

20. Kanada

21. Avstraliya

22. Eron

23. AQSh

24. Tunis

25. O‘zbekiston

26. Iordaniya

27. Yangi Zelandiya.

23-marotaba tashkil etilayotgan navbatdagi jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan boshlanadi va 19 iyulga qadar davom etadi. Hozirgacha yo‘llanmani qo‘lgan kiritganlar orasida O‘zbekiston va Iordani ilk bor mundialda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ladi.

Husanov bormi? Gvardiola kimlar o‘ynamasligini aytdi

O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...

Kutib oling, Husanov keldi!

EChL oldidan Husanov va 12 futbolchi “xavf” ostida!

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
12/09/2025 21:31
нима? фаворит нима эканлигини биласан-ми???
сайт ходимлари, каёгингиз уйлайсизлар?
фаворит дегани хеч булмаганда уртадан тепа булиши керак эмас-ми?
охиридан 3-урин фаворит булиши учун 4тагина жамоа булиши керак