
Bugun Aziz Amonov jamoasi "Ozodiy"da chempionatdagi yurishini boshlaydi
Bugun Eron chempionatida 1-tur uchrashuvlari start oladi. Unda hamyurtimiz Azizbek Amonov to‘p tepadigan "Istiqlol" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Tehron klubi o‘z maydonida "Sepahon" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Istiqlol" o‘tgan mavsum chempionlikni qo‘lga kiritgan. Jamoa turnir jadvalida 68 ochko bilan 1-o‘rinni egallagan.
Fikrlar