Bugun Baqoev uchun hal qiluvchi o‘yin!

  • 17 may, 11:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superligada 10-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Kun davomida uchta bellashuv belgilangan bo‘lib, ularning dastlabkisi Toshkentdagi Jar stadionida “Buxoro” hamda “Dinamo” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan ikkala jamoadagi vaziyat turlicha. “Buxoro” chempionatda ketma-ket 6 ta turdan beri yutqazib kelyapti. “Dinamo” esa aksincha, hali mavsum boshlanganidan beri mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Xo‘sh, mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qolgan va g‘alabaga tashna bo‘lib turgan “Buxoro” hali kuragi erga tegmagan raqibini engishga qodirmi? Boz ustiga buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev allaqachon iste’foga chiqishini aytgan, ammo rahbariyat unga ishonch bildirishini ma’lum qilgan. Biroq aksiga olib, uning jamoasi hamon yutqazmoqda. O‘tgan turda “Paxtakor”dan javobsiz 6 ta gol o‘tkazib yubordi.

Tan olish kerak, hozirgi paytda Vadim Abramov boshchilik qilayotgan “Dinamo” “Buxoro”ga qaraganda ancha jonli va hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqda. Aftidan, Baqoev jamoasiga ketma-ket mag‘lubiyatlar tufayli ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishi qiyin kechyapti. “Dinamo”ga qarshi bellashuv ham juda muhim, Baqoev va “Buxoro” uchun. Chunki bu jamoa turnir jadvalida 6 ochko bilan 13-o‘rinda. Bugungi uchrashuv Ulug‘bek Baqoev uchun hal qiluvchi o‘yin...

O‘zbekiston milliy chempionatiga start berilgan 1992 yildan buyon ikki ko‘hna shahar – Samarqand va Buxoroning bosh jamoalari o‘zaro 50 marotaba to‘qnash kelgan.

1992 yildan 2000 yillarga qadar Samarqand jamoasi «Dinamo», «Maroqand» va «Afrosiyob» nomlari ostida turnirda qatnashgan bo‘lsa, Buxoro jamoasi «Nurafshon» va «Buxoro» nomi ostida ishtirok etgan.

Superliga va Pro liga tarixidagi o‘zaro o‘yinlarda 22 uchrashuvda «Buxoro», 18 o‘yinda esa «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan. 10 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik «Buxoro» tomonida: 65:63. «Buxoro» o‘zaro o‘yinlarda 76 ochkoga ega bo‘lgan, «Dinamo» esa 64 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning «Buxoro» ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1 ga teng bo‘lsa, «Buxoro»ning tarixda «Dinamo» ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 6:0.

«Buxoro» va «Dinamo». So‘nggi 10 yillik natijalar:

20.03.2015 «Buxoro» - «Dinamo» 1:1

08.08.2015 «Dinamo» - «Buxoro» 2:0

2016 yil: «Dinamo» Pro liga

15.04.2017 «Dinamo» - «Buxoro» 3:1

16.09.2017 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0

2018 yil: «Dinamo» Pro liga

19.05.2019 «Buxoro» - «Dinamo» 0:0

27.08.2019 «Dinamo» - «Buxoro» - 0:3

2020 yil: «Dinamo» Pro liga

20.05.2021 «Dinamo» - «Buxoro» - 3:1 (Pro liga)

05.09.2021 «Buxoro» - «Dinamo» - 1:1 (Pro liga)

05.09.2021 «Buxoro» - «Dinamo» - 0:2 (Pro liga)

07.11.2021 «Dinamo» - «Buxoro» - 1:2 (Pro liga)

2022 yil: «Dinamo» - Superliga, «Buxoro» Pro liga

2023 yil: «Buxoro» - Superliga, «Dinamo» Pro liga

2024 yil: «Dinamo» - Superliga, «Buxoro» Pro liga;

 

«Buxoro»ning Superligada so‘nggi 5 o‘yindagi natijasi:

12.04. Qo‘qon-1912 – Buxoro 1:0

19.04. Buxoro – Nasaf 1:3

27.04. Navbahor – Buxoro 3:0

03.05. Buxoro – Mash’al 1:2

10.05. Paxtakor – Buxoro 6:0

 

«Dinamo»ning Superligada so‘nggi 5 o‘yindagi natijasi:

06.04. OKMK – Dinamo 0:0

12.04. Dinamo – So‘g‘diyona 1:1

20.04. Andijon – Dinamo 1:2

04.05. Sho‘rtan – Dinamo 1:3

09.05. Dinamo – Surxon 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!