Bugun "Barselona" Grizmanning transferiga nuqta qo‘yadi
Kataloniyaning "Barselona" klubi bugun "Atletiko" Madrid forvardi Antuan Grizmann uchun belgilangan tovon pulini to‘lab, uni o‘z safiga qo‘shib olmqochi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 28 yoshli frantsuz uchun 120 mln evro to‘lashadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu mablag‘ni futbolchining agenti La Liga ofisiga olib kelib beradi. Shu bois uning transferini “Barselona” emas, balki agentning o‘zi sotib oladi.
Shundan so‘ng esa Grizmann “Barselona” bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan shartnomani imzolaydi.

Fikrlar