
Bugun "Big Bout Indian Boxing League"da hamyurtlarimiz jang qilishadi
2-21 dekabrda Hindistonda havaskor boks bo‘yicha shaharlararo turnir bo‘lib o‘tadi. Bu turnirda turli shaharlar o‘z jamoasiga ega bo‘ladi va har turda 2 jamoaning bir vazndagi bokschilari o‘zaro kuch sinashadi. Bizga qiziq tomoni esa ushbu musobaqada 2 ta o‘zbekistonlik bokschi ham ijara asosida qatnashishi kutilmoqda. 57 kgda Abdumalik Halakov va 69 kgda Jahongir Rahmonovning jamoalari bugun o‘zaro to‘qnash keladi. Hozirgi kunda hind boksi jadal rivojlanayotganini hisobga olsak, bu musobaqa yoshlarimizga katta tajriba orttirish uchun xizmat qiladi.
Abdumalik Halakov NCR Panjob Royals sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Jahongir Rahmonov esa 69 kilogram vaznda Odisha Warriors jamoasi nomidan musobaqalarda ishtirok etadi.
Bugun bu ikki jamoa o‘zaro jang o‘tkazadi. Har ikkala jamoa tarkibida hamyurtlarimiz bor. Janglar mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlanadi. Bizning vaqtga 18:30 ga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar