Ertaga bokschimiz Qozog‘istonlik ikki karra Jahon chempioniga qarshi ringga ko‘tariladi!
Xabaringiz bor, Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada ikki terma jamoamiz bokschilari ham ishtirok etyapti. Ertaga charm qo'lqop ustalarimizdan 3 nafari yarim final uchun ringga ko'tariladi.
-51 kg: Gulsevar Ganieva - Yu Vu (Xitoy);
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova - Namuun Monxor (Mo'g'uliston);
-55 kg: Shaxzod Muzaffarov - Maxmud Sabyrxan (Qozog'iston);
Bahslar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 09:00 da va ikkinchisi 14:00 da start oladi. Bu haqida O'zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar