
Bugun futbol! Rossiya - Saudiya Arabistoni
Xabaringiz bor bugun Rossiya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘yinlari start oladi.
Mundialning ochilish uchrashuvida mezbon Rossiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs yuritadi. Ushbu bahsni Nestor Pitano boshchiligidagi argentinalik hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Xuan Pablo Belatti va Ernan Maydanalar yordam berishadi.
O‘z navbatida mutaxassislar ushbu bahs oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholab chiqishdi. Unga ko‘ra 67% mutaxassis mezbonlarning g‘alabasini, 22% esa ushbu bahsda durang qayd etilishini tahmin qilishgan. Qolgan 11% esa ushbu o‘yinda osiyoliklarning qo‘li baland kelishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi bugungi o‘yinni qizil rangli libosda o‘tkazsa, saudiyaliklar oq rangli liboslarda harakat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
JCh-2018. “A” guruhi.
Rossiya – Saudiya Arabistoni
Stadion: “Lujniki”
Hakam: Nestor Pitano
Fikrlar