
Bugun G‘aniev va Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli"ni muhim sinov kutmoqda
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionida 16-tur uchrashuvlari start oladi. Ushbu tur doirasida hamyurtlarimiz Aziz G‘aniev va Jaloliddin Masharipov to‘p tepayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi o‘z maydonida "Al-Vahda"ni qabul qiladi.
Turning markaziy qarama-qarshiliklaridan biri hisoblangan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.
15-tur yakunlariga ko‘ra, Dubay klubi 25 ochko to‘plagan holda, 5-pog‘onada bormoqda. "Al-Vahda" esa, 23 ochkosi bilan 7-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar