Bugun Islom Kenjaboevning "Chedju" klubi liga favoritlaridan biriga qarshi bahs olib boradi
Bugun Janubiy Koreya K-ligasida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tur doirasida Islom Kenjaboev harakat qilayotgan "Chedju" klubi "Poxan Stilers"ni qabul qilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda "Chedju Yunayted" 2 ta tur yakunlariga ko‘ra, 2 ochko to‘plagan holda, 7-pog‘onada bormoqda.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da start oladi.



Fikrlar