
Bugun "Nijniy Novgorod" Oston O‘runovning sobiq klubiga qarshi maydonga tushadi
Bugun Rossiya Premer-ligasi 22-tur uchrashuvlari boshlanadi.
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qilayotgan "Nijniy Novgorod" klubi o‘z maydonida "Spartak"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start olishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi yana bir legionerimiz Oston O‘runov yarim mavsum moskvaliklar sharafini himoya qilgandi.
Mazkur bahs oldidan mezbonlar 11-o‘rinni band etgan bo‘lsa, "qizil-oqlar" 9-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar