 
                Bugun Nursulton Ro‘ziboev, Murod Xonturaev va yana ikki jangchimiz Qirg‘izistonda jang o‘tkazadi (foto)
Bugun Qirg‘izistonda “WEF Global 10” turniri bo‘lib o‘tadi. Bishkekdagi “Kojomkul” sport saroyi mezbonlik qiladigan musobaqada bir qator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazishadi.
Jumladan, aralash yakkakurashlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev ham ushbu turnirda ishtirok etadi. Unga mezbonlar vakili Erbolot Omorzakov raqiblik qiladi.

Shuningdek, bu turnirda yana bir hamyurtimiz Murod Xanturaev ham ringa ko‘tariladi. U rossiyalik Konstantin Andreytsev bilan to‘qnash keladi.
Bundan tashqari yana bir jangchimiz Mashrabjon Ro‘ziboev ham bugun o‘z jangini o‘tkazadi. Unga qirg‘izistonlik Renat Sayakbaev raqiblik qiladi.

Yana bir yurtdoshimiz Rustam Saidmurodov jarohati bois jang qila olmaydi. Uning o‘rniga super og‘ir vazn toifasidagi jangchimiz Azamat Bahodirzoda mezbonlar vakili Nurlan Toktabakievga qarshi jang o‘tkazadi.
Kechaning asosiy jangida esa qirg‘izistonlik Qilichbek Sarkarbaev (9-2-0) yarim og‘ir vazn toifasida WEF Global jahon chempionligi kamari uchun kechadigan jangda amerikalik tajribali jangchi Ali “FLEX” Muxammed (10-5-0) bilan kurash olib boradi.
Yana bir fakt, mazkur turnirning bosh hakami Nodirshox Qodirovdir.




Fikrlar