
Bugun O‘runov jamoasi "Lokomotiv"ni qabul qiladi
Bugun Rossiya Premer-ligasi 23-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Oston O‘runov harakat qilayotgan "Ufa" jamoasi ushbu turdan o‘rin olgan o‘yinni Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, maydon egalari 14 ochko bilan turnir jadvalida 15-pog‘onani band etib turibdi. 37 ochko jamg‘argan "temiryo‘lchilar" 4-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar