
Bugun o‘yin: Gvardiola Husanovni maydonga tushiradimi?
Angliya Premer-ligasining 32-tur uchrashuvlari star olyapti. Bu turni amaldagi chempion “Manchester Siti” va “Kristal Pelas” o‘yini boshlab beradi.
Bo‘lajak bellashuvdagi g‘alaba ko‘proq “shaharliklar”ga zarur. Xosep Gvardiola shogirdlari Evropa Chempionlar ligasining kelasi mavsumiga beriladigan yo‘llanma uchun kurashmoqda. “Kristal Pelas” esa, musobaqa jadvalining o‘rta qismiga mustahkam joylashib olgan.
Nufuzli manba – cityxtra.co.uk portali ekspertlari “Manchester Siti”ning “Kristal Pelas” qarshi taxminiy tarkibini shakllantirdi.
Ederson – Manchester derbisida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan braziliyalik golkiper bu gal ham asosiy tarkibda maydonga tushadi. Hozir tarkibda undan ishonchli posbon yo‘q.
Riko Lyuis – o‘tgan bellashuvda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bu himoyachi endi Mateus Nunesh o‘rnini egallashi kutilyapti.
Abduqodir Husanov – Angliya Premer-ligasining ketma-ket ikki o‘yinini o‘tkazib yubordi. Ikki hafta oldin “Bornmut”ga qarshi bellashuvning birinchi bo‘limidan keyin zaxiraga olingan o‘zbek legioneri o‘rnini Niko O’Reyliga boy bergandi. Endi “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda Xosep Gvardiola himoya markazida Abduqodir Husanov va Ruben Diash tandemidan foydalanadi.
Yoshko Gvardiol – Manchester derbisida bu himoyachi markazda o‘rin egallagandi. Husanovning tarkibga kiritilishi natijasida Gvardiola o‘zi uchun sevimli bo‘lgan chap qanotga qaytadi.
Niko Gonsales – bir-ikki bo‘sh o‘yinidan keyin tarkibdan chetda qolgan ispan futbolchisiga Xosep Gvardiola yana imkon berishi kerak. Yarim himoyachi avvalgi harakatlaridan xulosa qilishi shart.
Kevin De Bryuyne – o‘z faoliyatidagi so‘nggi Manchester derbisida qatnashgan pleymeyker bu mavsum jamoada muhim vazifalarni bajarishni davom ettiradi. 33 yoshli yulduz jamoadoshi Jek Grilish bilan birga maydon markazini ushlashga harakat qiladi.
Bernardu Silva – Xosep Gvardiola qattiq ishonch bildirayotgan futbolchi sifatida “Kristal Pelas”ga qarshi bahsla qatnashishi muqarrar. Savino esa, zaxirada qolib, imkon berilishini kutadi.
Umar Marmush – Erling Xoland yo‘qligida u markaziy hujumchi sifatida o‘ynaydigan yagona munosib nomzod.
Jeremi Doku – O‘tgan hafta hodir chiqarish imkoni berilgan qanot hujumchisi bugun bor imkonini ishga solib, raqib darvozasiga xavf solishi kerak.
Angliya futbolini yoritayotgan cityxtra.co.uk portali tuzgan “Manchester Siti” taxmini tarkibi bilan tanishing.
Darvozabon:
Ederson;
Himoya:
Lyuis, Xusanova, Dias, Gvardiol;
Yarim himoya:
Niko, De Bryoyne, Grilish;
Hujum chizig‘i:
Bernardu, Marmush, Doku.
Zaxira:
Ortega Moreno, Nunes, Reysh, O’Reyli, Kovachich, Gyundogan, Makati, Bobb, Savino.
“Manchester Siti” hamda “Kristal Pelas” jamoalari o‘rtasida “Etixad” stadionida o‘tkaziladigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.
Fikrlar