
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Jarayon 18:00 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirga olib chiqiladi. Bu borada O‘zPFL matbuot xizmati xabar beryapti.
Ta’kidlash joizki, musobaqa guruh bosqichida 32 ta jamoa o‘zaro sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichida ishtirok etadigan 30 ta klub bilan tanishing:
Qolgan jamoalar musobaqaga saralash o‘yinlari orqali qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, qur’a oldidan klublar savatlarga ajratilmaydi va barcha jamoa teng huquqli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Kubogining 2022 yilgi sohibi Qarshining “Nasaf” jamoasi hisoblanadi.
Fikrlar