
Bugun O‘zbekiston MTJ Tojikistonga qarshi maydonga tushadi
Bugun "CAFA Nations Cup" turniri doirasida guruh bosqichining 3-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Xususan, "A" kvarteti peshqadami O‘zbekiston milliy terma jamoasi qo‘shni Tojikistonga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Mazkur bahs oldidan "oq bo‘rilar" 6 ochko bilan birinchi, tojikistonliklar 2 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar