
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamiz ayni kunlarda Iordaniyada mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib Iordaniya terma jamoasi.
Iordaniya poytaxtidagi "Amman Internet Stadium"da bo‘ladigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining YouTube dagi rasmiy kanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Srechko Katanets shogirdlari yig‘in doirasidagi dastlabki bahsda Malayziya ustidan yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar