
Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi!
Bugun 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi guruh bosqich uchrashuvidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Hindiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Bellashuv Tailanddagi "Tammasat" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Mazkur stadion Tailand poytaxti Bangkok shahrida joylashgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston ilk turda Yaponiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. Hindiston ham ilk turda xuddi shu hisobda Vetnam bilan durangga imzo chekkan.
Fikrlar