
Bugun qanday o‘yinlar bor?
Ayni vaqtda koronavirus infektsiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida deyarli barcha futbol musobaqalari to‘xtatib qo‘yilgan. Ammo, bugun, 4 aprel kuni muxlislarni bir qator qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi.
Belarus chempionatida 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kun doirasidan 3 ta bellashuv o‘rin olgan va ularning barchasini "Match TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyatga egasiz.
Bundan tashqari, bugun Tojikiston Superkubogi ham bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi chempion "Istiqlol" o‘tgan mavsum chempionatda kumush medallarini qo‘lga kiritgan "Xo‘jand" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Belarus chempionati / 3-tur
17:25 "Shaxtyor" (Soligorsk) - "Neman" (Grodno) | MATCh TV
19:25 BATE (Borisov) - "Rux" (Brest) | MATCh TV
21:25 "Dinamo" (Brest) - "Slaviya" (Mozir) | MATCh TV
Tojikiston Superkubogi
17:00 "Istiqlol" (Dushanbe) - "Xo‘jand" (Xo‘jand)
Fikrlar