
Bugun Qarshida "Mash’al" va "Sho‘rtan" o‘rtasidagi pley-off uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
«Superliga va Proliga reglamenti»ning 7.4-bandiga ko‘ra, mavsum yakuniga ko‘ra Pro ligada 4 hamda 5-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan «Mash’al» va «Sho‘rtan» jamoalari Superliga yo‘llanmasi uchun dastlabki pley-off o‘yinida maydonga tushishi kerak.
Liga har ikki jamoaga qulaylik yaratish maqsadida pley-off uchrashuvini Qarshi shahrida o‘tkazish yuzasidan «Nasaf» futbol klubi bilan kelishuvga erishgandi. Ushbu bellashuv bugun soat 15:00 da start oladi.
Uchrashuv "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar