Bugun Shavkat Salomovning jamoasi kubok finalida o‘ynaydi

  • 14 oktabr, 2017, 10:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qozog‘iston Kubogining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Aktobedagi stadionda bo‘lib o‘tadigan bahsda hamyurtimiz Shavkat Salomov to‘p suradigan “Atirau” jamoasi “Qayrat”ga qarshi bahs yuritadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, atirauliklar o‘z tarixlarida ikkinchi bor kubok finaliga chiqishdi. Bundan oldin 2009 yilgi Qozog‘iston kubogi finalida “Atirau” Qarag‘andaning “Shaxtyor” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, billur sovrin egasiga aylanishgan edilar.

Ma’lumot uchun, bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18.00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!