Bugun Superliga 6-turining yana 2 ta bahsi bo‘lib o‘tadi. Ikkisi ham derbi!

  • 16 aprel, 2021, 04:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 6-turi kecha start olganidan xabaringiz bor. Bugun ushbu turning yana 2 ta bellashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Namanganda "Navbahor" "Turon"ni qabul qiladi. Bu uchrashuvda namanganliklar bo‘sh tribunalarda o‘ynashga majburlar. Sababi, "Paxtakor"ga qarshi o‘yindagi tartibsizliklar uchun "lochinlar"ning 2 ta uy uchrashuvi muxlislarsiz o‘tishi belgilangan. 

Ikkinchi to‘qnashuv Toshkent derbisi maqomida o‘tadi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni mehmon qiladi. 

Birinchi qarama-qarshilik 18:05 da, ikkinchisi esa 18:15 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!