Bugun Tbilisi Gran-prisida 3 nafar dzyudochimiz medallar uchun kurashadi

CHERY AUTO

Bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning yakuniy kun bahslari bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida og‘ir vaznli sportchilar ishtirok etishadi.

Tecno

Ushbu kun doirasid 3 nafar polvonimiz bahs olib borishadi. Ular -90 kg (2 nafar) va -100 kg vazn toifalarida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Qur’aga ko‘ra vakillarimizning dastlabki raqiblari quyidagicha:
-90 kg: Yahyo Imomov – Serik Salmenov (Qozog‘iston)
-90 kg: Davlat Bobonov – Ushangi Margiani (Gruziya)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Avtar Singx (Hindiston)

Eslatib o‘tamiz, birinchi kun bellashuvlari yakunida Sharofiddin Lutfullaev -60 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bugungi bahslarda ham terma jamoamiz vakillariga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!