
Bugun yilning eng yaxshilari taqdirlanadi
Bugun Toshkentdagi "Zarafshon" zalida yilning eng yaxshilari aniqlanadi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi:
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi hakami
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi;
- O‘zbekiston chempionatining eng chiroyli goli;
- Coca-Cola Superliga-2019 to‘purari;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi.
Ma’lumot uchun, taqdirlash marosimi soat 16:30 dan boshlab SPORT TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar