Bugundan O‘zbekiston MTJga jalb etilgan barcha legionerlarimiz mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda

  • 8 oktabr, 2019, 17:55
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 30 sentyabrdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi. Mashg‘ulotlarning ilk kunida Superliga vakillari bilan birga xorijda to‘p tepayotgan Odil Ahmedov va Rustam Ashurmatov ham ishtirok etdi. Keyin sekin-sekin boshqa legionerlarimiz ham bosh jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shila boshlashdi. Bugundan esa tarkibga Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev qo‘shildi.

Bugundan Vadim Abramov mashg‘ulotlarga chaqirgan xorijdagi barcha futbolchilarimiz jamlandi. Umuman olganda, Abramov 6 nafar legionerni Yaman va Singapur terma jamoasiga qarshi o‘yinlarga jalb etgandi. Ular Rustam Ashurmatov ("Gvangju", Janubiy Koreya), Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya), Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Xorfakkan", BAA) va Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya).

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz 10 oktyabr kuni Toshkentda JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Yaman bilan kuch sinashishadi. 15 oktyabrda esa safarda Singapur mehmoni bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
08/10/2019 19:47
Одил Ахмедовдан бошка хаммаси булади.
&
Surxon turon
08/10/2019 18:40
Шу Исломди кӯрсам асабим бузилади
Nuriddinov Jakhangir
08/10/2019 18:52
Toxtaxojaevnimi?
&
Surxon turon
08/10/2019 19:27
Ҳа