Bunaqa pulga o‘ynasa arziydi! Muhammad Saloҳ "Trabzonspor"dan qancha maosh olishi ma'lum bo‘ldi
Misr yulduzining maoshi Turkiya fond birjasiga ochiqlandi. U o‘z nomi ostida sotiladigan mahsulotlardan ham 20 foiz ulush oladi.
Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh «Trabzonspor» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Turkiya klubi ma’lumotiga ko‘ra, u har mavsum uchun 17 million yevro (taxriban 14,5 million funt) maosh oladi.
Rasmiy e’lon «Trabzonspor» muxlislari klubning Qora dengizning sharqiy sohilida joylashgan shahardagi stadioniga yo‘l olayotgan, «Liverpul»ning 34 yoshli sobiq futbolchisini taqdim etish marosimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Saloh bir kun avval jamoa formasida kulimsirab Istanbulga yetib kelgan edi.
Klubning Turkiya fond birjasiga yo‘llagan bayonotida qayd etilishicha, Saloh o‘z nomi bilan sotiladigan barcha mahsulotlardan 20 foiz ulush oladi. Shuningdek, har mavsum shartnomada ko‘zda tutilgan qo‘shimcha mukofotlar ham belgilangan. Biroq bu mukofotlar miqdori va ular qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq ekani ochiqlanmagan.
Saloh yozgi transfer oynasidan oldin, to‘qqiz yil davomida to‘p surgan «Liverpul»ni tark etdi. U ingliz klubi safida 442 o‘yinda maydonga tushib, 257 ta gol urdi, ikki bor Angliya premyer-ligasi va bir marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda uning samaradorligi pasaydi, ayrim Yevropa uchrashuvlarida zahirada qoldirildi, bu esa o‘shandagi bosh murabbiy Arne Slot bilan ochiq mojaroga sabab bo‘ldi.
«Trabzonspor» odatda Turkiyada Istanbulning «Fenerbahche», «Galatasaroy» va «Beshiktosh» klublaridan keyin to‘rtinchi katta jamoa sifatida tilga olinadi. Jamoa o‘tgan mavsum Superligada uchinchi o‘rinni egallab, Yevropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
Klubning so‘nggi mahalliy chempionlik sovrini 2021–2022 yildgi mavsumda qo‘lga kiritilgan edi.

Fikrlar