Bunaqasi so‘nggi marta 7 yil avval yuz bergan edi

  • 26 yanvar, 11:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 23-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Chelsi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda "shaharliklar" 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Manchesterliklar safida Gvardiol, Xoland hamda Foden gol urgan bo‘lsa, "aristokratlar"ning yagona goli Madueke tomonidan kiritildi.  Qayd etish lozim, legionerimiz Abduqodir Husanov mazkur bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, 52 daqiqa harakat qildi. 

O‘zbekistonlik futbolchi 4-daqiqadayoq Palmerni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. Bundan 7 yil avval APL debyutanti sifatida "Kardiff Siti" a’zosi Li Peltierda ham shunday holat yuz bergan edi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!