Bundesliga. "Bavariya" safarda g‘alaba qozonib, o‘z o‘rniga qaytib oldi
Bundeslganing 23-turida "Bavariya" "Shtuttgard" mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, De Ligt uzoq masofadan super gol urib, hisobni ochdi. 62-daqiqada Shupo-Moting ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mezbonlardan Perea so‘nggi daqiqalarda javob golini urdi.
Shu tariqa, "Bavariya" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 1-o‘ringa qaytib oldi. Ayni dam Klubning "Borussiya" bmlan ochkolari soni teng bo‘lib turibdi.



Fikrlar