
Bundesliga. "Borussiya" yana ochko yo‘qotdi
Bundesliga 3-turidan o‘rin olgan "Borussiya Dortmund" - "Xaydenxaym" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda 2:2 hisobi qayd etildi.
Brandt hamda Janning gollari evaziga dastlab "asalarilar" hisobda oldinga chiqib olgandi, ammo yakunda Dinkich hamda Klyayndinst mezbonlar darvozasini ishg‘ol etib, bellashuvda durang natija qayd etilishini ta’minlab berdi.
Qayd etish lozim, "Borussiya" o‘tgan turda "Boxum" bilan ham durang (1:1) o‘ynagandi.
Fikrlar