
Bundesligada eng yaxshilar nomi aniqlandi
Germaniya futbolchilar ittifoqi Bundesliganing yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unda "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski 40,2 foiz ovoz to‘plab birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni "Borussiya"dan Jeydon Sancho 13,9 foiz ovoz bilan band etdi. "Bavariya"ning yana bir futbolchisi Joshua Kimmix 7,2 foiz ovoz bilan uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
31 yoshli polyak ushbu unvonni faoliyati davomida to‘rtinchi marotaba qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, eng yaxshi transfer sifatida "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis tilga olingan bo‘lsa, Xans-Diter Flik esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi unvonini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar