
Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Xarri Keyn 2024-25 yilgi Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Angliya terma jamoasining 31 yoshli hujumchisi "Bavariya" tarkibida chempionlikni qo‘lga kiritdi - bu uning faoliyatidagi birinchi sovrin bo‘ldi. Xarri, shuningdek, ketma-ket ikkinchi yil Bundesliganing eng samarali to‘purari bo‘ldi - u 31 o‘yinda 26 ta gol urib, 8 ta golli uzatma berdi. U "gol+pas" tizimi bo‘yicha ham etakchi hisoblanadi.
Keyn bu mavsumda "Bavariya" safida asosiy tarkibda maydonga tushganida, myunxenliklar 22 marta g‘alaba qozonib, 6 marta durang o‘ynagan va mag‘lubiyatga uchramagan.
Angliyalik futbolchi joriy mavsumda o‘n marta jamoasining dastlabki golini urib, "Bavariya"ni 1:0 hisobi bilan hisobda oldinga olib chiqdi. U gol urgan bellashuvlarda jamoasi g‘alaba qozondi. Keyn maydonda o‘rtacha har 92 daqiqada bir marta darvoza to‘rini ishg‘ol etdi.
Fikrlar