"Buni eshitib dahshatga tushdim". Alves "Barselona" rahbariyatidan qattiq norozi

  • 25 iyul, 2022, 20:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dani Alves "Barselona"ning unga bo‘lgan munosabatidan g‘azabda. 

Afsonaviy himoyachi Meksika klubi bilan shartnoma imzoladi. U "AS" nashriga intervyu berdi va sobiq jamoasining rahbariyatini yomonladi. 

"Barselona"ga ko‘chib o‘tgan paytim, ular bilan hech qanday muammo bo‘lmaydi, deb o‘yladim. Agar qolmoqchi bo‘lsam, unda qolaman, bo‘lmasa - yo‘q. Bir oy davomida yangi shartnoma kutdim va oxir-oqibat menga: "Biz sen bilan shartnomani yangilamaymiz", deyishdi. 

Shunchaki, dahtshatga tushdim. Men muxlislar bilan ham xayrlasha olmadim. Bu har qanday futbolchini xafa qiladi. 

"Vilyarreal"ga qarshi o‘yindan oldin menga hech kim "Dani bu erda ortiq o‘ynay olmaysan", deb aytmadi. Shunday qilishganda, muxlislar bilan xayrlashgan bo‘lardim", - dedi Alves. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!