Buni Ronaldudan boshqa hech kim uddalamagan!
“Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu XXI asrda birinchi bo‘lib mingta uchrashuv o‘tkazgan yagona futbolchiga aylandi.
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) tarqatgan ma’lumotga qaraganda, mashhur to‘purar hozircha 1047 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shulardan 1000 tasi yangi asrga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rinda faoliyatini 2020 yili rasman yakunlagan Iker Kasilyas qayd etilgan. U o‘tgan yuz yillik hisobidan 74 ta, joriy asrda 974 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Reytingning uchinchi qatorini so‘nggi 16 mavsum davomida sovrinlarga ega chiqib, bu yil chempionlikdan quruq qolgan Dani Alves band etdi. Faoliyatini XXI asr avvalida boshlagan braziliyalik himoyachi hisobida hozircha 969 ta uchrashuv bor. U ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib olish imkoniga ega.
Yangi asrda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingidan Xavi (937 + 80), Yasuxito Endo (909 + 84), Zlatan Ibrohimovich (907 + 9), Rojerio Seni (904 + 310), Lionel Messi (902), Janluiji Buffon (852 + 212), Xaver Dzanetti (717 + 383) ham joy olgan.

Fikrlar