"Bunyodkor" Belarus etakchi jamoalaridan biri bilan durang o‘ynadi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor" - "Energetik-BGU" uchrashuvi yakunlandi. Unda jamoalar 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Belarus jamoasi tarkibida gollarni Grishenko (dubl) kiritdi. Toshkent klubi safida Rahmonaliev va Hakimov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs Belarusning Minsk shahrida bo‘lib o‘tdi.



Fikrlar