"Bunyodkor" Belorus chempionatining autsayder jamoasiga imkoniyatni boy berdi

  • 20 iyul, 2019, 19:23
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu safar Vadim Abramov shogirdlariga Belorus chempionatida to‘p tepadigan (15-o‘rinda) "Dnyapro" klubi raqiblik qildi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Tecno

Toshkentliklar safida har ikkala golga ayni vaqtda ko‘rikda bo‘lib turgan rossiyalik yarim himoyachi Dmitriy Ostrovskiy muallifflik qildi. Ma’lumot uchun, "Bunyodkor"ning Minskdagi yig‘ini yana ikki kun davom etishi rejalashtirilgan.

Nazorat o‘yini

"Bunyodkor" - "Dnyapro" (Belorus) 2:3

Gollar: Dmitriy Ostrovskiy (76, 87) - Zoran Marushich (11, 17), Dmitriy Yashin (50)

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Ulug‘bek Abdullaev, Anvar G‘ofurov, Abdulla Abdullaev, Dilshod Ahmadaliev, Lutfulla To‘raev, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Qodirqulov, Xurshid G‘iyosov, Sanjar Rixsiboev, Mirjahon Mirahmadov.

Zaxiradagilar: Abdumavlon Abdujalilov, Boburbek Farhodov, Dmitriy Ostrovskiy, Evgeniy Chumak, Javohir Qahramonov, Farrux Ikromov, Muhammad Diallo.

"Dnyapro": Arsen Beglaryan, Dmitriy Koplunov, Dmitriy Yashin, Egor Xvalko, Mixail Kolugin, Aleksandr Batishev, Maksim Shilo, Evgeniy Savitskiy, Dmitriy Ignatenko, Zoran Marushich, Vadim Pobudey.

Amalga oshirilmagan penaltilar: Muhammad Diallo (78), Anvar G‘ofurov (82).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murod Panjiev
20/07/2019 21:39
Бунёдкор факат сенга сурхон бас келади олга сурхоним